Dunyoda gender tengligiga XXII asrgacha erishib bo‘lmaydi – tadqiqot
Dunyo bo‘ylab hozirgi ijtimoiy tendensiyalar saqlanib qolsa, global gender tengligiga XXII asrga qadar erishilmaydi. Equal Measures 2030 koalitsiyasining tadqiqot natijalari shunday xulosa bermoqda. Ushbu koalitsiya gender tengligiga erishish yo‘lida jamiyat taraqqiyotini baholash usullarini ishlab chiqadigan yetakchi mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning qo‘shma loyihasidir.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda hech bir davlatning yo‘li 2030 yilgacha gender tenglikka olib bormaydi. Bugun tug‘ilgan qiz bola jamiyatda teng huquqlilik hukm surayotganini ko‘rishi uchun 97 yoshgacha (o‘rtacha umr davomiyligidan ham ko‘proq) kutishiga to‘g‘ri keladi, deb ta’kidladi Equal Measures 2030.